<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 Kuylab shoʻx-shoʻx sanolar
 Rabbimni ulugʻlaylik
 Otamizga olqishu,
 Maqtovlarni kuylaylik.

[V2]
 Koʻlimizdan tushmasin
 Tor, doira, nay navolar
 Otamizdan har qalbga
 Kelsin shifo, davolar.

[V3]
 Aytilib pok tilaklar
 Oʻynab kuling oshnalar
 Har bir yurak Sevgiga
 Boʻlsin doim oshinolar.

[V4]
 Muqaddas Ruh ohista
 Yayra desa qalbimga.
 Nechun qoʻshiq kuylamay
 Qutqaruvchi Rabbimga!

[V5]
 U Xudoni Oʻgʻlidir
 U yagona Najotkor!
 Ruhi bilan har nafas
 Ishlarimga madadkor!

[V6]
 Barhayotning Sevgisi
 Isodadir jamul-jam
 Sizdek buyuk Xudo yoʻq
 Mehribonsiz ey, Egam!

[V7]
 Men ham bitta erkatoy
 Farzandingiz qoʻlda tor.
 Sizga maqtov-olqishdan
 Qalbim boʻldi begʻubor.

[V8]
 Kuylab shoʻx-shoʻx qoʻshiqlar
 Rabbimni ulugʻlayman.
 Xudoyimga olqishu
 Maqtovlarni kuylayman!</lyrics>
<title>Rabbimni ulugʻlaylik</title>
<author>Ravshan Xizirov, Ulugʻbek Abduhalimov</author>
<aka>Kuylab shoʻx-shoʻx sanolar</aka>
</song>